TURK XOQONLIGINING G'ARB TARIXSHUNOSLIGIDA O'RGANILISHI
Аннотация
Ushbu maqolada Turk xoqonligining G‘arb tarixshunosligida o‘rganilish jarayoni tarixiy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda XIX asrdan boshlab shakllangan orientalist yondashuvlar, XX asr boshlarida yuzaga kelgan ilmiy tizimlashuv bosqichi hamda zamonaviy tarixshunoslikdagi fanlararo va tanqidiy yondashuvlar qiyosiy tahlil asosida yoritiladi. Xususan, G‘arb olimlarining Turk xoqonligi tarixini talqin etishda asosan Xitoy yozma manbalariga tayanishi, bu esa sinotsentrik va yevrotsentrik qarashlarning shakllanishiga sabab bo‘lgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, O‘rxun-Yenisey bitiklarining o‘rganilishi turk tarixshunosligida yangi bosqichni boshlab bergani asoslanadi. Zamonaviy davrda esa tarixiy jarayonlarga kompleks yondashuv, manba tanqidi va terminologik aniqlik masalalari ustuvor ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlanadi.