IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA MEHNAT MIGRATSIYASI JARAYONLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY TAHLILI
Аннотация
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida mehnat migratsiyasi jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi ekologik omillarning aholi bandligi va global iqtisodiy barqarorlikka ta’sirining kuchayishi bilan izohlanadi. Ishda statistik tahlil, qiyosiy metod va xalqaro tashkilotlarning (Jahon banki, IOM) hisobotlarini o‘rganish metodologiyasidan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida iqlim migrantlarining o‘sish dinamikasi va ularning qabul qiluvchi davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri aniqlangan. Muallif tomonidan migratsiya oqimlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida tartibga solish hamda migrantlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.