QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI
Аннотация
QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI Salimova Sarvinoz Ulug‘bek qizi Farmatsiya fakulteti, 101-guruh Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, Samarqand, O‘zbekiston Ilmiy rahbar: Asatullayev Rustam Bahtiyarovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Tillari kafedrasi assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.19453010 Annotatsiya: Qonning shaklli elementlarini o‘rganish XVII asrda, ya’ni mikroskop paydo bo‘lgandan so‘ng boshlangan. Hozir biz uni chuqurroq o‘rganib chiqamiz. Qonning shaklli elementlari umumiy bir hujayradan hosil bo‘lgan deb hisoblanadi. Ular 3 ta katta guruhni o‘z ichiga oladi. Bu guruhlarga qizil qon tanachalari – eritrotsitlar, oq qon tanachalari – leykotsitlar va qon plastinkalari – trombotsitlar kiradi. Qonning barcha shaklli elementlari suyak ko‘migida umumiy polipotent va plyuropotent stvol (o‘zak) hujayralaridan hosil bo‘ladi. Hujayralarning kelib chiqishi bir xil bo‘lishiga qaramay, ular turli xil vazifalarni bajaradi. Organizmda faqat gemoglobin yetishmaganda emas, balki eritrotsitlar yetishmaganda ham kamqonlik (anemiya) kelib chiqadi. Leykotsitlar yetishmasligi tufayli leykopeniya kelib chiqadi va immunitet pasayadi. Trombotsitlar yetishmasa trombotsitopeniya yuzaga keladi va qon to‘xtamaydi. Kalit so‘zlar: XVII asr, trombotsitlar, leykotsitlar, eritrotsitlar, anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya