O'ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZO BO'LISHI SHAROITIDA BARQAROR IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASH
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkiloti(JST)ga a’zo bo‘lishi sharoitida uning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, bugungi kundagi globallashuv munosabatlarining kuchayishi va O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan islohotlar dasturi bilan bog‘liq. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, induksiya-deduksiya va statistik usulllardan foydalanilgan. Natijada JST a’zoligining savdo hajmini oshirish, investitsiya muhimtini yaxshilash va eksport diversifikatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqolaning ilmiy hissasi sifatida raqobatbardosh va ekologik jihatdan barqaror iqtisodiy o‘sish modeli taklif etilgan, amaliy hissasi esa hukumat siyosati uchun besh strategik tavsiyadan iborat.