FARGʻONANING ANTIK DAVR TARAQQIYOTI OMILLARI VA MOXIYATI
Аннотация
Mintaqa Antik davri Qadim Fargʻona (Davan) davlatining shakllanish, rivojlanish, tushkunlik va tugatilish bosqichlarini qamragan. Maqolada vodiyning ilk markazlashgan davlatchiligi tomonidan olib borilgan izchil ichki siyosiy taʼsirida mintaqa urbanizatsiya jarayonlari va hunarmandchilikning turli sohalari keng koʻlamda rivojlanib borishi hamda ularning asosiy omillari va taraqqiyot mohiyati koʻrsatilgan. Yangi dala tadqiqotlari natijalari va oldingi arxeologik tadqiqotlar xulosalarini tanqidiy tahlil qilish asosida Antik davr taraqqiyotining xarakterli bosqichlarini aniqlash, ular toʻplangan materiallarni solishtirish orqali ilmiy asoslab berildi. Keltirilgan yangi arxeologik tadqiqotlari 2014-2024-yillarni qamragan boʻlib, oxirgi oʻn mavsumdan ortiq qazuv ishlari natijalarini oʻz ichiga olgan. Bu vaqt mobaynida Andijon viloyatidagi Qoʻshtepa-2, Sultonobod-3 va Sultonsupa manzilgohlari hamda Xonobod-1 va Xonobod-3 mozorqoʻrgʻonlarida dala tadqiqot ishlari olib borildi. Ularda Antik davr turli bosqichlari davomida mintaqa urbanizatsiyasi va hunarmandchiligi yuqori rivojlanishining asosiy omillarini ifodalaydigan moddiy madaniyat namunalari qoʻlga kiritilgan. Ushbu ilmiy taqdimotimizda keltirilgan osori-atiqalarni vodiyning boshqa yodgorliklari va qoʻshni tarixiy-madaniy oʻlkalarda aniqlangan moddiy madaniyat namunalari bilan qiyosiy-solishtirma tahlil natijalari keltirilgan.
Ҳали таржима қилинмаган