Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TA’LIM MARKETINGINING EVOLYUTSIYASI: GLOBALLASHUV VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA’SIRI

Mahfuza DjalilovaToshkent Turin politexnika universiteti o‘qituvchisi
ABI

Аннотация

Mazkur ishda oliy ta’lim marketingining rivojlanish tendensiyalari, uning globallashuv va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq o‘zgarishlari tahlil qilingan. Ta’lim marketingi faqat xizmatlar bozori bilan cheklanmay, balki fan, texnologiya va innovatsion faoliyat bilan integratsiyalashgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iste’molchilarga yo‘naltirilgan kastomizatsiyalashgan yondashuv, ta’lim muassasalari brendingi va xalqaro ta’lim bozoridagi raqobat masalalari yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotda ta’lim marketingining evolyutsion bosqichlari tahlil qilinib, uning an’anaviy modeldan raqamli va innovatsion modelga o‘tish jarayonlari ochib beriladi. Maqolada oliy ta’lim muassasalarining marketing strategiyalarini shakllantirishda raqamli platformalar, internet marketing vositalari va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarining o‘rni asoslab berilgan. Bundan tashqari, ta’lim marketingining zamonaviy yo‘nalishlari sifatida xalqaro ta’lim xizmatlari eksporti, universitetlararo hamkorlik, hamda fan va texnologiyalar transferi jarayonlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalari uchun samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqishda hamda ularning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба