FILTRLOVCHI NOTO'QIMA MATERIALLARDA G'OVAKDORLIK VA DINAMIK ZICHLIK O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNI KOMPLEKS BAHOLASH USULI
Аннотация
Mazkur tadqiqotda filtrlovchi noto‘qima materiallarning g‘ovakdorligi va zichligini kompleks baholashga asoslangan yangi usul taklif etildi. Usul geometrik parametrlar, kapillyar singdirish va siqilish sharoitidagi o‘zgarishlarni hisobga olishga qaratilgan. Ilk bor dinamik zichlik tushunchasi kiritilib, materialning real ekspluatatsion holatdagi xususiyatlari baholandi. Shuningdek, samarali g‘ovakdorlik va filtratsion zichlik indeksi kabi yangi ko‘rsatkichlar taklif etildi. Tajriba natijalari g‘ovakdorlik kamayishi bilan dinamik zichlik ortishini ko‘rsatdi. Olingan ma’lumotlar asosida g‘ovakdorlik va zichlik o‘rtasida empirik bog‘liqlik aniqlandi. Ushbu bog‘liqlik material tuzilishi va filtratsion samaradorlik o‘rtasidagi munosabatni tushuntirish imkonini beradi. Taklif etilgan usul an’anaviy usullarga nisbatan aniqroq va ishonchliroq natijalar beradi. Usul laboratoriya sharoitida oson amalga oshiriladi va sanoatda qo‘llashga mos hisoblanadi. Natijalar noto‘qima filtr materiallarni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Ҳали таржима қилинмаган