Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

QORIN SOHASINING TOPOGRAFIYASI VA O'TKIR QORIN SINDROMIDA DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKADAGI AHAMIYATI

Ahmadjon IzzatullayevTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti, Davolash ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasiSoatmurod BoyqobilovTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Аннотация

Tadqiqotning maqsadi qorin bo‘shlig‘i organlarining topografik joylashuvi, og‘riq lokalizatsiyasi va shoshilinch klinik belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashtirishdan iborat. Materiallar va metodlar sifatida topografik anatomiya, klinik anatomiya va jarrohlik amaliyotiga oid ilmiy manbalar mazmuniy-tahliliy usulda ko‘rib chiqildi. Natijalar qorin sohalarini to‘qqizta topografik hududga ajratish appenditsit, xoletsistit, pankreatit, ichak tutilishi, yara perforatsiyasi va peritonit kabi holatlarni dastlabki bosqichda farqlashga yordam berishini ko‘rsatdi. Muhokama qismida topografik bilimlar yakka holda tashxis qo‘yish uchun yetarli emasligi, ularni anamnez, fizik ko‘rik, laborator va instrumental tekshiruvlar bilan birgalikda baholash zarurligi asoslandi

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба