12 YOSHLI ERKIN KURASHCHI QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Аннотация
ANNOTATSIYA Mazkur Tadqiqotimiz da 12 yoshli erkin kurashchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Unda koordinatsion tayyorgarlikning erkin kurashdagi ahamiyati, yosh sportchi qizlarning jismoniy va psixomotor rivojlanish xususiyatlari, mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar, metodlar va maxsus mashqlar tizimi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘yin metodi, juftlik mashqlari, muvozanat, reaksiya, fazoda mo‘ljal olish va texnik-integrativ mashqlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqotimiz da koordinatsion qobiliyatlarni tizimli rivojlantirish 12 yoshli sportchi qizlarning texnik mahorati, musobaqaviy tayyorgarligi va xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: erkin kurash, 12 yoshli qizlar, koordinatsion qobiliyat, pedagogik yondashuv, sport mashg‘uloti, muvozanat, tezkor reaksiya, yosh sportchilar.
Ҳали таржима қилинмаган