YOG'OCH QURILISH MATERIALLARINING YONG'INBARDOSHLILIGINI OSHIRIB, TERMITLARDAN HIMOYALOVCHI OLIGOMER ANTIPIREN-ANTISEPTIKLAR SINTEZI VA ULARNING QO'LLANILISHI
Аннотация
Ushbu maqolada yog‘och qurilish materiallarining yong‘inga chidamliligini oshirish va termitlar ta’siridan himoyalashda oligomer antipiren-antiseptiklarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi. Yog‘och ekologik toza, yengil, issiqlikni yaxshi saqlaydigan va ishlov berishga qulay qurilish materiali bo‘lsa-da, uning asosiy kamchiligi yonuvchanligi, namlik ta’sirida biologik yemirilishi va termitlar tomonidan shikastlanishidir. Maqolada fosfor, bor, azot, oltingugurt va rux saqlovchi organo-noorganik tarkiblarning yong‘inbardoshlik hamda antiseptik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston tadqiqotchilari tomonidan olingan tajriba natijalariga tayangan holda, ishlov berilmagan yog‘och namunalarida massa yo‘qotilishi 67,3 foizga yetgani, Zn-4 markali oligomer antipiren-antiseptik bilan ishlov berilganda esa bu ko‘rsatkich 4,1 foizgacha kamaygani asoslanadi. Bu esa mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqiladigan ko‘p funksiyali himoya tarkiblarining import o‘rnini bosuvchi, iqtisodiy va texnologik jihatdan istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.
Ҳали таржима қилинмаган