INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA ELEKTR MAGNITIZM FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH
Аннотация
O‘zbekiston respublikasi ta’lim tizimi shiddat bilan rivojlanmoqda. Zamonaviy oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimining joriy etilishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda raqamli ta’lim resurslarining kengayishi talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirayotgani yoritilgan. Tadqiqot davomida shaxsga yo‘naltirilgan, faol va integrativ yondashuvlar asosida elektromagnitizm fanini o‘qitishning samaradorligi asoslab berildi. Mustaqil ta’lim jarayonida interfaol metodlar, virtual laboratoriyalar va masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanish talabalarning mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish olib borish hamda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari elektromagnitizm fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini tasdiqlaydi. Ushbu tatqiqotda innavatsion yondashuv asosida elektromagnitizm fanidan mustaqil ta’lim FOLLOWER ROBOT loyihasi asosida tashkil etildi.