Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

Quyosh qurilmalari asosida qishloq uylarining kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish va tadqiqot qilish

E. BerkinovNamangan davlat texnika universitetiF. SharipovNamangan davlat texnika universiteti
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada qishloq uylarining issiqlik ta’minoti uchun quyosh energiyasi va an’anaviy yoqilg‘i asosida ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimi (ITT)ning tuzilishi, ishlash prinsipi va samaradorligi tadqiq etildi. Tadqiqotda issiq suv ta’minoti va isitish tizimlarining o‘zaro integratsiyasi ko‘rib chiqildi. Kombinatsiyalashgan tizim quyosh kollektorlaridan olingan energiyani akkumulyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, issiqlik yuklamasini qoplash darajasini oshiradi. Tajriba tadqiqotlari 2020 yil mart – 2021 yil fevral oylarida Pop tumani iqlim sharoitida olib borildi. Olingan natijalarga ko‘ra, quyosh kollektorlarining qoplash koeffitsiyenti 0,15–1,4 oralig‘ida qayd etildi. Isitish mavsumida tashqi havo -6…17 °C bo‘lganda ichki harorat 18–24 °C oralig‘ida ushlab turildi. Shu bilan birga, uyning issiq suv va isitish ehtiyojlarining muhim qismi quyosh energiyasi yordamida ta’minlandi. An’anaviy yoqilg‘i sarfi 33–70% gacha, elektr energiyasi sarfi esa 66–86% gacha tejab qolindi. Natijada, qishloq uylarida energiya mustaqilligini oshirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба