Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

DARS JARAYONIDA ANIMATION MATERIALDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK AHAMIYATI

Ne’matov Oybek Erkin O‘g‘liShahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi assistant o'qituvchisiTursunova Adiba Akmal qiziSHDPI talabasi
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada dars jarayonida animatsion materiallardan foydalanishning didaktik ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta'lim tizimida multimedia va animatsion vositalarning o'rni tobora ortib borayotgani, ularning o'quvchilarning bilim olish jarayoniga ijobiy ta'siri asoslab berilgan. Animatsion materiallar murakkab va abstrakt tushunchalarni vizual tarzda ifodalash orqali o'quvchilarning mavzuni tezroq va chuqurroq tushunishiga xizmat qilishi ko'rsatib o'tilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari asosida animatsiyaning kognitiv jarayonlarga, diqqatni jamlashga hamda o'quv motivatsiyasiga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, animatsion vositalar yordamida o'quvchilarning tahliliy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va mustaqil o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ta'lim jarayonini interaktiv va qiziqarli tashkil etishda animatsiyaning didaktik funksiyalari alohida ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, animatsion materiallardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshiradi, o'quvchilarning faolligini kuchaytiradi va bilimlarni puxta o'zlashtirishga yordam beradi. Maqolada shuningdek, ta'lim jarayonida animatsion texnologiyalarni keng joriy etish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба