AKT ASOSIDA DIFFERENSIAL TA'LIMNI TASHKIL ETISH USULLARI
Аннотация
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida differensial ta'limni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi. Differensial ta'lim o'quvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari hamda bilim darajasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan yondashuv sifatida yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta'lim sharoitida AKT vositalarining o'rni, ularning differensial ta'limni amalga oshirishdagi imkoniyatlari va afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli platformalar, interaktiv dasturlar va onlayn resurslar yordamida o'quvchilarga moslashtirilgan topshiriqlarni taqdim etish, ularning o'zlashtirish darajasini monitoring qilish hamda individual yondashuvni ta'minlash usullari ko'rib chiqiladi.
Ҳали таржима қилинмаган