RISK FACTORS FOR DRY EYE SYNDROME AMONG MILITARY PERSONNEL IN ARID CLIMATE CONDITIONS
Аннотация
Quruq ko'z sindromi (QKS) ko'z yuzasi kasalliklari orasida eng keng tarqalgan patologiyalardan biri bo'lib, ayniqsa noqulay ekologik omillar ta'sirida uzoq muddat faoliyat yurituvchi shaxslarda ko'proq uchraydi. Tadqiqot maqsadi — arid iqlim sharoitida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarda quruq ko'z sindromining asosiy xavf omillarini aniqlashdan iborat. Issiq va quruq iqlimga ega harbiy bazalarda xizmat qilayotgan 1000 nafar harbiy xizmatchi tekshirildi. Simptomlarni baholash uchun OSDI© so'rovnomasi, Shirmer testi va ko'z yoshi pardasining uzilish vaqti (TBUT) qo'llanildi. Tadqiqot natijasida QKS tarqalishi 28,5% ni tashkil qilgani aniqlandi. Eng muhim xavf omillari sifatida kuniga 8 soatdan ortiq raqamli qurilmalardan foydalanish, chang va shamol ta'siri, uyqu yetishmasligi hamda mavsumiy allergiyalar qayd etildi. QKS aniqlangan bemorlarda TBUT va Shirmer testi ko'rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan ishonchli darajada past bo'ldi (p<0,001). Olingan natijalar arid iqlim va kasbiy omillarning harbiy xizmatchilarda quruq ko'z sindromi rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi.
Ҳали таржима қилинмаган