MEHNAT MIGRATSIYASINING MILLIY IQTISODIYOTDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu ilmiy ishda migratsiya jarayoni va uning iqtisodiyotga ta'siri tahlil qilinadi. Migratsiyaning asosiy turlari-ichki va xalqaro, ixtiyoriy va majburiy shakllari yoritilib, ayniqsa mehnat migratsiyasining iqtisodiy ahamyati ochib beriladi. Tadqiqotda migratsiyaning ijobiy jihatlari sifatida ishchi kuchi taqchilligini kamaytirish, pul o'tkazmalari orqali aholi daromadlarini oshirish hamda yangi bilim va tajriba almashinuviga xizmat qilishi ko'rsatib o'tiladi. Shu bilan birga, "aql oqimi" natijasida malakali kadrlarning chiqib ketishi, mehnat bozorida raqobatning kuchayishi va ijtimoiy bosim kabi salbiy oqibatlari ham asoslab beriladi. Shuningdek, O'zbekiston misolida migratsiyaning iqtisodiy o'sishi, bandlik va aholi farovonligiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Shu bilan bir qatorda migratsiyani samarali boshqarish davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri ekani takidlanadi.
Ҳали таржима қилинмаган