YOG'-MOY SANOATIDA EKSTRAKSIYA JARAYONLARINI BOSHQARISHDA NOQAT'IY TO'PLAMLAR NAZARIYASINING ROLI VA IMKONIYATLARI
Аннотация
Mazkur maqolada yog‘-moy sanoatida ekstraksiya jarayonlarini boshqarishning nazariy asoslari va ushbu jarayonlarga xos noaniqliklar tahlil qilinadi. Ekstraksiya jarayoni ko‘p omilli va murakkab tizim bo‘lib, unda temperatura, erituvchi sarfi, vaqt va xom ashyo xususiyatlari kabi parametrlar o‘zaro bog‘liq holda o‘zgaradi. An’anaviy boshqaruv usullarining ushbu noaniqliklarni to‘liq hisobga olishdagi cheklovlari ko‘rsatib beriladi. Shu munosabat bilan noqat’iy to‘plamlar nazariyasiga asoslangan fuzzy mantiqiy yondashuvning imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fuzzy yondashuv texnologik jarayonlarni boshqarishda moslashuvchanlikni oshirishi, noaniqliklarni samarali hisobga olishi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini takomillashtirishi aniqlangan. Ushbu yondashuvni sanoat amaliyotiga joriy etish istiqbollari ham yoritilgan.