MAKTAB TA'LIMIDA SUN'IY INTELLEKT: SHAXSIY REPITITOR VA BILIMNI BAHOLASH TIZIMLARI
Аннотация
Ushbu maqolada maktab ta'limida sun'iy intellektga asoslangan shaxsiy repititor va bilimni baholash tizimlarining mohiyati, ishlash tamoyillari hamda samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, AI-repititorlardan foydalanadigan o'quvchilar o'rtacha test natijalarini 27–42% ga oshirgan bo'lib, o'qituvchilarning ma'muriy yuklamasi haftalik 4–6 soatga kamaygan. Maqolada Bloom "2-sigma muammosi" kontekstida AI ta'limining individual yondashuvdagi ahamiyati, matematika va informatika fanlarida adaptiv baholash mexanizmlari hamda O'zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etishning istiqbollari ko'rib chiqilgan. Matematik statistik tahlillar va grafik diagrammalar asosida isbotlanganki, AI-repititor tizimlari an'anaviy ta'lim metodlariga nisbatan muhim ustunliklarga ega.
Ҳали таржима қилинмаган