Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

CHATGPT VA BOSHQA AI VOSTITALARINING O'QUV FAOLIYATIDAGI TA'SIRI

Robiya Shavkat qizi ZoitjonovaSarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon universiteti, "ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisiNozima Summat qizi SobirovaSarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon universiteti, "ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisiZulayho Dilshod qizi DexqonboyevaSarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Sarbon Universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: Sarbon universiteti, "ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Аннотация

Ushbu tadqiqot ishida ChatGPT, Claude va Gemini kabi zamonaviy generativ sun'iy intellekt (AI) vositalarining oliy ta'lim tizimiga va talabalarning o'quv faoliyatiga ko'rsatayotgan ta'siri tahlil qilinadi. Neyrotarmoqlarning ma'lumotlarni tahlil qilish, dasturlash kodlarini tekshirish va fanni o'zlashtirish tezligini oshirishdagi ijobiy funksiyalari o'rganilgan. Raqamli platformalar, mobil ilovalar va neyrotarmoqlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, generativ sun'iy intellekt texnologiyalarining ommalashishi oliy ta'lim muassasalaridagi o'qitish va bilim olish jarayonlarini tubdan o'zgartirib yubordi. Bir necha yil muqaddam talabalar biron bir mavzuda referat yoki kurs ishi yozish uchun kutubxonalarda kunlab vaqt o'tkazgan bo'lsa, keyinchalik bu jarayon internet qidiruv tizimlari (Google, Yandex) orqali amalga oshiriladigan bo'ldi. Biroq qidiruv tizimlari faqat tayyor manbalarga yo'naltiruvchi havolalarni taqdim etardi. Yirik til modellarining (LLM) maydonga chiqishi esa ushbu zanjirni qisqartirib yubordi. Endilikda talaba ma'lumot qidirmaydi, balki ChatGPT tizimidan tayyor konspekt, tahliliy jadval yoki dasturlash kodini bir necha soniyada qabul qilib oladi. Bu holat talabalarning axborot bilan ishlash tezligini mislsiz darajada oshirgan bo'lsa-da, ta'lim tizimi oldiga jiddiy metodologik muammolarni qo'ydi. Tayyor intellektual mahsulotga ortiqcha qaramlik talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muammolarga kreativ yondashish qobiliyatini susaytirmoqda. Shu sababli, neyrotarmoqlarning o'quv jarayonidagi ijobiy va salbiy tomonlarini tizimli o'rganish hamda ta'lim sifatini saqlab qolish mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба