OTA-ONALARNING FARZAND TARBIYASIDA JAMIYAT OLDIDAGI BURCH VA MAJBURIYATLARI, PEDAGOGLARNING TAFSIYALARI
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada ota-onalarning farzand tarbiyasidagi jamiyat oldidagi burch va majburiyatlari pedagogik, psixologik hamda ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqotda farzand tarbiyasining jamiyat barqarorligi va ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rni yoritilib, ota-onalarning axloqiy, huquqiy va ijtimoiy mas’uliyati asoslab beriladi. Shuningdek, pedagog olimlar va amaliyotchi mutaxassislarning ota-onalarga bergan ilmiy tavsiyalari umumlashtiriladi. Maqolada zamonaviy tarbiya jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, raqamli texnologiyalar ta’siri, ijtimoiy muhit va oilaviy munosabatlarning bola shaxsiga ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ota-onalar, pedagoglar va tarbiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Ҳали таржима қилинмаган