Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

HOFIZ UBĀHIYNING «TUHFAT UL-AHBOB» LUG‘ATIDA TOPONIMLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL TASNIFI

Majitova Sabohat JamilovnaSharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti, Tojik filologiyasi va Sharq tillari kafedrasi dotsentiVахidova Gulnoza AmonovnaSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi tayanch doktoranti
SCIENCE TIMEjournal2026en
ABI

Аннотация

Mazkur maqola XVI asrga oid izohli lug‘at – «Tuhfat ul-ahbob» asarida qayd etilgan toponimlarni onomastik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi lug‘atda uchraydigan toponimlarni semantik va funksional jihatdan tasniflash, ularni oronimlar, gidronimlar, oykonimlar, urbanonimlar hamda me’moriy-harbiy va diniy toponimlar guruhlariga ajratish hamda ushbu nomlar orqali muallif Hofizi Ubāhiyning geografik, tarixiy va madaniy dunyoqarashini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy-tahliliy, qiyosiy va kontekstual usullardan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, «Tuhfat ul-ahbob»dagi toponimlar faqat geografik obyektlarni nomlash vositasi bo‘lib qolmay, balki XVI asrning ijtimoiy, siyosiy, diniy va adabiy tasavvurlarini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Toponimlar izohida diniy rivoyatlar va klassik adabiyot namunalarining keltirilishi ularning semantik doirasini kengaytirib, makon tushunchasini ramziy va madaniy sathga ko‘taradi. Tadqiqot natijalari «Tuhfat ul-ahbob»ni onomastika va tarixiy tilshunoslik uchun muhim ilmiy manba sifatida baholash imkonini beradi.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба