Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

AN'ANA VA IJOD UYG'UNLIGI: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKURI VA KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY MEROSNING ROLI

Ilhom SoliyevNamangan davlat pedagogika institutiShoxidaxon To'ychiyevaNamangan davlat pedagogika instituti
ABI

Аннотация

Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tafakkuri va kreativligini shakllantirishda milliy meros, xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy o‘yinlarning o‘rni va ahamiyatini nazariy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi milliy madaniy meros elementlarini maktabgacha ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali bolalar kreativligini rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalq ertaklari, maqollar, milliy o‘yinlar va hunarmandchilik elementlari bolalarda ijodiy tafakkur, muammolarni hal qilish qobiliyati va madaniy o‘zlikni anglashni faollashtiradi. Xulosa sifatida ta’kidlanganki, an’ana va ijodning uyg‘unligi maktabgacha ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda qo‘llanilganda yuqori samaradorlik beradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба