Zamonaviy jamiyatda ko'pxotinlikka bo'lgan munosabat
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ko‘pxotinlik institutiga bo‘lgan munosabatlar tizimi, uning ijtimoiy, huquqiy va axloqiy jihatlari ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘pxotinlik insoniyat tarixining turli davrlarida mavjud bo‘lgan ijtimoiy hodisalardan biri hisoblanadi. Hozirgi globallashuv jarayonida oilaviy munosabatlar tizimi jadal o‘zgarib borayotganligi sababli ko‘pxotinlik masalasi ham keng muhokama qilinmoqda. Tadqiqotda ko‘pxotinlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni hamda uning oilaviy barqarorlikka ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, gender tenglik, inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy adolat tamoyillari nuqtai nazaridan ko‘pxotinlik fenomeni tahlil qilindi. Maqolada Oʻzbekiston qonunchiligida nikoh munosabatlarini tartibga solish mexanizmlari ham ko‘rib chiqilgan.