Bolalarda ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Аннотация
Mazkur maqolada bolalarda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarning qo‘llanilishi bolalarning ma’naviy dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va ijtimoiy xulq-atvorini rivojlantirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘yinli ta’lim usullari orqali bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishning samarali yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda qo‘llash bolalarning ma’naviy kamolotini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.