SANOAT KORXONALARIDA CHANGGA QARSHI KURASHISH
Аннотация
Sanoat korxonalarida havoning chang bilan ifloslanishi ishchilar salomatligi va texnik xavfsizlikka jiddiy xavf tug'diradi. Ushbu maqolada to'qimachilik sanoati korxonalarida hosil bo'ladigan organik changlarning texnologik xususiyatlari va ularni bartaraf etishda yengli filtrlarning samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda paxta va kalava ip ishlab chiqarish jarayonida havo tarkibidagi mayda tolalar va chang zarralarini ushlab qolishning zamonaviy filtratsiya usullari tahlil qilingan. Maqolada yengli filtrlarning konstruktiv afzalliklari, ularni avtomatik tozalash (regeneratsiya) tizimlari va energiya tejamkorligi masalalariga asosiy urg'u berilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, yengli filtrlar tozalash darajasini 99,5% gacha yetkazish imkonini beradi va ishlab chiqarish tsiklida havoning retsirkulyatsiyasini ta'minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Ҳали таржима қилинмаган