Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

O'ZBEKISTONNING АMIR TEMUR VА TEMURIYLАR ME'MORCHILIGI

Qudratov N.Termiz davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi o'qituvchisiSunnatov M.Tarix ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabasi
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davri me'morchiligining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning O'rta Osiyo va jahon me'morchiligi tarixidagi o'rni tahlil qilingan. Tadqiqotda Temuriylar davrida Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Hirot va Turkiston shaharlarida bunyod etilgan me'moriy obidalar, ularning badiiy va muhandislik xususiyatlari yoritilgan. Bibixonim masjidi, Go'ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Oqsaroy, Ahmad Yassaviy maqbarasi, Ulug'bek madrasalari va rasadxonasi kabi yodgorliklarning me'moriy yechimlari, bezak san'ati va shaharsozlik taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, Temuriylar davrida koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik va tasviriy san'atning me'morchilik bilan uzviy bog'liqligi, me'moriy obidalarda matematika va geometriya qonuniyatlarining qo'llanilishi ham tahlil etilgan. Maqolada Temuriylar me'morchilik maktabining keyingi davr Sharq va musulmon me'morchiligiga, jumladan, Boburiylar davri me'morchiligiga ko'rsatgan ta'siri ilmiy asosda yoritilgan.

Ҳали таржима қилинмаган

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба