MUNSHIY AHMADJON HIKOYALARINING G'OYAVIY-BADIIY TAHLILI
Nargiza KabirovaPhD, Associate Professor Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: [email protected]
ABI
Аннотация
Mazkur maqolada XX asr boshlaridagi pushtu adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Munshiy Ahmadjonning hayoti va ijodiy faoliyati tahlil qilinadi. Adibning pushtu badiiy prozasi taraqqiyotidagi o‘rni, tarjimonlik faoliyati, lug‘atchilik sohasidagi xizmatlari hamda «U va bu» va «Ertak aytish» to‘plamlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yoritiladi. Xususan, «Jodugar» hikoyasi misolida yozuvchining xalq og‘zaki ijodi an’analari, folklor motivlari, badiiy tasvir vositalari va uslubiy mahorati tadqiq etiladi. Shuningdek, adib asarlarining til xususiyatlari, kompozitsion qurilishi hamda afg‘on va pushtu adabiyoti rivojidagi ahamiyati ilmiy nuqtayi nazardan baholanadi.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба