MAMLAKATIMIZ HUDUDIDA AFSONA VA RIVOYATLARNI O'RGANISH DARAJASI: MANBASHUNOSLIK TAHLILI
Аннотация
Annotatsiya Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston hududiga oid yozma tarixiy manbalarda afsona va rivoyat unsurlarining qayd etilish darajasi manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. O‘rta asrlar va keyingi davrlarga mansub tarixiy asarlar, solnomalar, tazkiralar hamda diniy-tasavvufiy risolalarda afsona va rivoyatlarning qanday shakllarda va qanday maqsadlarda keltirilgani aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida yozma manbalarda rivoyatlar mustaqil janr sifatida emas, balki tarixiy bayon va diniy talqinlarni boyituvchi izohiy unsur sifatida qayd etilgani asoslanadi. Shuningdek, muallif pozitsiyasi, davr mafkurasi va asar yaratilish maqsadining rivoyat mazmuniga ta’siri yoritilib, afsona va rivoyatlarni yozma hamda og‘zaki manbalar asosida qiyosiy o‘rganish zarurligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.