O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARINI MOLIYALASHTIRISH VA MOLIYA-XO'JALIK FAOLIYATINI BOSHQARISH: RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLAR
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining moliyalashtirish tizimi hamda ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish mexanizmlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Davlat budjeti, jon boshiga moliyalashtirish, budjetdan tashqari jamg‘armalar, homiylik va maqsadli dasturlar orqali moliyaviy resurslarni shakllantirish mexanizmlari hamda ularning boshqaruv samaradorligiga ta’siri yoritiladi. So‘nggi yillarda moliyaviy shaffoflikni oshirish, raqamli monitoring va nazorat tizimlarini joriy etish, xarajatlarni ta’lim natijalari bilan bog‘lash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar moliyalashtirish va boshqaruv modelining transformatsiyasini belgilab bermoqda. Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda barqarorlik, manzillilik va diversifikatsiyani kuchaytirishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqiladi hamda 2030-yilgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida moliyalashtirish va boshqaruvning istiqbolli yo‘nalishlari asoslanadi.