MATEMETIKA DARSLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING UNIVERSAL MANTIQIY HARAKATLARINI SHAKLLANTIRISH
Аннотация
Ushbu maqolada matematika darslari jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida universal mantiqiy harakatlarni shakllantirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotda universal mantiqiy harakatlarning nazariy asoslari hamda ularni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mantiqiy topshiriqlar va muammoli vaziyatlarga asoslangan ta’lim jarayonining o‘quvchilarning tahlil qilish, taqqoslash, teskari fikrlash va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ta’siri tajriba-kuzatuv usuli orqali o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari matematika darslarida mantiqiy topshiriqlarni tizimli va maqsadli qo‘llash o‘quvchilarning universal mantiqiy harakatlarini samarali shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.