MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISH
Аннотация
Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (MTT) inklyuziv ta'lim tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan. Inklyuziv ta'lim barcha bolalarning, jumladan, maxsus ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning teng imkoniyatlar asosida sifatli maktabgacha ta'lim olishini ta'minlashga qaratilgan. Tadqiqotda MTTlarda inklyuziv muhitni yaratishning muhim yoʻnalishlari — pedagogik kadrlarning malakasini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualar va didaktik materiallar bilan ta'minlash, ota-onalar va oila a'zolarini ta'lim jarayoniga faol jalb qilish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari chuqur tahlil qilingan. Maqsad – har bir bolaning individual rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularning ijtimoiylashuvi va tengdoshlari orasida oʻzini erkin his qilishi uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Ushbu yondashuv bolalarni maktabga muvaffaqiyatli tayyorlashda va kelgusida jamiyatga toʻlaqonli integratsiyalashuvida hal qiluvchi ahamiyatga ega.