MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIYA: TENG IMKONIYATLARNI TA'MINLASH
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv yondashuvning mazmun-mohiyati, uning asosiy tamoyillari va teng imkoniyatlarni ta'minlashdagi roli yoritilgan. Inklyuziya zamonaviy ta'lim siyosatining muhim yoʻnalishi sifatida barcha bolalarning — rivojlanishida turli ehtiyojlarga ega boʻlganlar hamda sogʻlom tengdoshlari — yagona ta'lim makonida birgalikda oʻqish va rivojlanishiga xizmat qiladi. Maqolada inklyuziv muhitning bolalarning ijtimoiy-emotsional, kommunikativ va intellektual rivojlanishiga ta'siri, pedagogik qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, individual rivojlanish rejalari, moslashtirilgan ta'lim metodlari hamda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida inklyuziyani samarali joriy etish uchun zarur infratuzilma, raqamli resurslar va malakali pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan. Maqola inklyuziv ta'limning ijtimoiy ahamiyati va kelajak avlod tarbiyasidagi oʻrnini koʻrsatib, barcha bolalar uchun adolatli va teng imkoniyatli ta'lim tizimini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvni taqdim etadi.