MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIYA VA TENG IMKONIYATLARNI TA'MINLASH
Nodira RIXSIBOYEVAUchtepa tumani 207-sonli DMTT direktori
ABI
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida inklyuziv yondashuvni joriy etish, bolalarning individual ehtiyojlari va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda teng imkoniyatlarni ta'minlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Inklyuziv ta'lim tamoyillariga asoslangan holda, maxsus ehtiyojli bolalarni umumiy ta'lim jarayoniga qoʻshish, pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi, muhitning moslashtirilishi, oʻyin va ta'lim faoliyatini differensial tashkil etish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda maktabgacha ta'limda inklyuziyani samarali qoʻllash orqali barcha bolalarning ijtimoiy moslashuvi, oʻz-oʻzini anglash darajasi va oʻquv jarayonidagi faolligini oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба