KONSTITUTSIYA BU BIZ YARATGAN MATNMI YOKI BIZNI YARATADIGAN QOIDAMI?
Аннотация
Ushbu maqolada Konstitutsiyaning ikki tomonlama tabiati - “Biz yaratgan matn” va “Bizni shakllantiruvchi qoidalar tizimi” - nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Bu maqolam orqali tarixiy, siyosiy va ijtimoiy omillar orqali konstitutsiyaning qanday shakllanishini koʻrsataman. AQSH, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya misollari bilan qiyosiy tahlil olib boriladi. Oʻzbekiston misolida 1992-va 2023-yillardagi konstitutsiyaviy oʻzgarishlar, inson qadri tamoyili va ijtimoiy himoya sohalaridagi real ta'sirlar faktlar asosida yoritilgan. Maqola huquqiy ong, huquqiy madaniyat va qonunning hayotga tatbiqi mavzularini falsafiy va amaliy argumentlar bilan bogʻlab, Konstitutsiyaning jamiyat mentalitetiga aylanish jarayonini konseptual ravishda ochib beradi. Natijada: Konstitutsiyani jamiyat yaratadi, ammo uni qabul qilgan zahoti Konstitutsiya jamiyatni qayta yaratishni boshlaydi, degan xulosaga keladi.