Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SUN'IY IMMUN TIZIMI VA LVQ NEYRON TARMOQLARI ASOSIDA NOMA'LUM KOMPYUTER VIRUSLARINI ANIQLASH

Shuxratjon Azizjonovich UmarovFarg'ona davlat texnika universiteti "Dasturiy injiniring va kiberxavfizlik" kafedrasi dotsentiMunojatxon Ibragimovna UmarovaFarg'ona davlat texnika universiteti "Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi assistentiAbdulaziz Ulug'bek o'g'li ValiyevFarg'ona shahar 2-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchisi
ABI

Аннотация

Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bir qatorda zararli dasturlarning soni ham, ularning funksional imkoniyatlari ham ortib bormoqda. Shu sababli, noma'lum yoki yangi paydo bo'layotgan zararli dasturlarni aniqlash uchun intellektual yondashuvlarni qo'llash zarur. Ushbu maqolada biologik immun tizimi prinsiplariga asoslangan sun'iy immun tizimi modeli taklif etilgan. Mazkur modelda immun detektorlarini shakllantirish, ularni o'qitish va tanlash, klonlash va mutatsiyalash hamda immunologik xotirani shakllantirish kabi mexanizmlardan foydalanish zarurligi ta'kidlangan. Detektorlarni yaratish jarayonida Learning Vector Quantization neyron tarmog'i algoritmidan foydalanish taklif etilgan. Sun'iy immun tizimi noma'lum kompyuter viruslarini aniqlashda yuqori moslashuvchanlikka ega ekanligi va detektorlar sonini dinamik ravishda oshirish orqali tizim samaradorligini yanada yaxshilash mumkinligi ko'rsatib berilgan.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба