Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

YORUG'LIK MANBALARINI PAVILONDA GEOMETRIK JOYLASHUVINI HISOBGA OLGAN HOLDA MONTE-KARLO YORITISH MODELINI QURISH

Saida Aldiyarovna TastanovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU TMT kafedrasi dotsentiAziza Saidazim qizi KarimbayevaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU TMT kafedrasi stajyor-o'qituvchi
ABI

Аннотация

Ushbu maqolada Monte-Karlo usuli yordamida yopiq (xona ichida) fazoda joylashgan yorug'lik manbalarining geometrik pozitsiyasini optimallashtirish masalasi tadqiq etiladi va Monte-Karlo yoritish modeli ishlab chiqildi. Tadqiqotda sahna geometriyasi, sirt normalari hamda Lambert diffuz aks ettirish modeli hisobga olingan holda LED yorug'lik manbasining optimal joylashuvi aniqlanadi. Monte-Karlo integratsiyasi jarayonida nur tushish burchagi, geometrik atenuatsiya va ehtimollik zichligi funksiyasining (PDF) optimallashtirilishi orqali hisoblash variansi kamaytiriladi. Shu bilan birga, kosinus bo'yicha og'irliklangan namuna olish (cosine-weighted sampling), shar bo'yicha bir tekis taqsimlangan namuna olish (uniform sphere sampling) va variansni kamaytirish (variance reduction methods) usullaridan foydalanish natijasida sirtlar bo'yicha aks ettirilgan yoritish qiymatlari barqaror va shovqinsiz holatda olinadi. Olingan natijalar, modelning matematik va fizik jihatdan to'g'riligini hisob kitoblar qiymatlari asosida taklif etilgan yondashuv yopiq sahnalarni modellashtirishda yoritish sifatini oshirish bilan birga hisoblash samaradorligi tasdiqlandi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба