Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO'RSATKICHLARI

Matyaqubova Elmira Umrbekovnaq.x.f.f.d., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimiXalikova Maloxat Babamuradovnaq.x.f.d., prof., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri
ABI

Аннотация

UOʻT: 633.51:575:631.52 G. BARBADENSE L. TURIGA MANSUB OILALARNING SHIRA VA TRIPS BILAN ZARARLANISH KO‘RSATKICHLARI Matyaqubova Elmira Umrbekovna q.x.f.f.d., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Xalikova Maloxat Babamuradovna q.x.f.d., prof., Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.19382142 Annotatsiya: Ma'lumki, gʻoʻza oʻsimligining oʻsish va rivojlanishining jadalligi tufayli paxtazorlarda fitofaglar uchun juda qulay mikroiqlim vujudga keladi. Gʻoʻzaning madaniy shakllaridagi gulshira (nektardon)larning mavjudligi ularning zararkunandalar uchun ozuqaviyligini qoʻshimcha ravishda oshiradi. Shiralar 50 dan ortiq turli viruslarni gʻoʻza oʻsimligiga yuqtirishi mumkin. Shuningdek, parazitlik qilayotgan oʻsimlikning oʻsishini ta'minlovchi gormonlar muvozanatini buzadi va oʻsimlikning hosildorligini pasaytirib, iqtisodiy zarar yetkazadi. Ushbu maqolada ingichka tolali gʻoʻza oilalarining shira va trips bilan zararlanish koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Olingan ma'lumotlar asosida zararkunandalarga chidamlilik xususiyati mavjud oilalar ajratib olingan. Kalit soʻzlar: oila, polimorfizm, genetik potensial, shira, trips, ingichka tolali gʻoʻza, shoxlanish tipi, shoxlanmagan nol tip, tuklanish.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба