Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGI BO'LGAN BЕMORLARDA PARODONTIT RIVOJLANISHINING XAVF OMILLARI, PROGNOZ, PROFILAKTIKA VA ALGORITMLAR

ABI

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu ilmiy ishda surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBЕ) bo‘lgan bemorlarda parodontit rivojlanishining xavf omillari, prognostik modellari, profilaktika va kompleks davo algoritmlari o‘rganildi. Tadqiqot ishimizda jami 232 nafar rejali gemodializ seanslari bilan to‘liq qamralgan bemorlarni xayotiy parametlarni o‘rganish jarayonida, parodontit kasalligini rivojlanishining mustaqil xavf omillari sifatida yosh >60 (OR=3,2), qandli diabet (OR=2,9), IL-6 >150 pg/ml (OR=2,8) va albumin <40 g/l (OR=3,2) kasalliklarida biokimyoviy o‘zgarishlar mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot ishida foydalanilgan baholash tizimi (0-14 ball) bemorlarni 3 ta xavf guruhiga ajratish imkonini berdi. Tadqiqotimizning qisqa 6 oylik kompleks profilaktika va davo tadbirlari o‘tkazilishi davomida xavf omili yuqori bo‘lgan guruhlarida statsionar sharoitda davolanishga bo‘lgan extiyojni 65% kamaytirdi, IL-6 darajasini 40% tushirdi va yallig‘lanish markerlarini yaxshilanishiga erishildi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба