BARQAROR RIVOJLANISHNI TA'MINLASHDA MIGRATSIYA JARAYONLARINI TARTIBGA SOLISHNING AHAMIYATI: YEVROPA TAJRIBASI
Аннотация
Ushbu maqolada XXI asr boshlaridan beri global migratsiya jarayonlarining tezlashishi va ularning Yevropa Ittifoqi kontekstida barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot demografik qarish, mehnat bozori talablarining o‘zgarishi, ekologik migratsiya va inson kapitalining iqtisodiy o‘sishga ta’siri kabi masalalarni yoritadi. Xususan, “European Green Deal” va yangi migratsiya paktlari doirasida migratsiya jarayonlarini tizimli boshqarishning barqaror rivojlanish maqsadlariga mos mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Maqola shuningdek sirkulyar migratsiya, malakali kadrlarni jalb qilish va yashil ish o‘rinlari yaratish orqali Yevropa iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy strategiyalarni tahlil qiladi.