QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA TUPROQ SUV OʻTKAZUVCHANLIGIGA KOMPOSTLARNING TA'SIRI
Аннотация
UO‘K: 631.425+631.879.42(575-172) QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TUPROQ SUV OʻTKAZUVCHANLIGIGA KOMPOSTLARNING TA’SIRI Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin uli, Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, Tel: +998913035359 e-mail: [email protected] Sarsenbaeva Nilufar Jengisbay qizi, 2-kurs “Agronomiya” ta‘lim yo‘nalishi talabasi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti. https://doi.org/10.5281/zenodo.19458179 Annotatsiya. Shoʻrlangan tuproqlarda suv oʻtkazuvchanlik jarayoni ekinlarning rivojlanishi va hosildorligiga bevosita ta’sir etuvchi muhim omillardan biridir. Maqolada shoʻrlangan yerlarda turli tarkibdagi organo-mineral kompostlarning tuproq suv rejimiga ta’siri sharhlangan. Kompost tarkibidagi organik moddalar, glaukonit agrorudasi va shirinmiya chiqindilarining uygʻunlashuvi tuproq strukturasini yaxshilab, gʻovaklikni oshirishga xizmat qildi. Natijada suvning infiltratsiya tezligi ortib, shoʻrning yuvilishi hamda tuproqning meliorativ holati yaxshilanganligi aytib oʻtilgan. Bundan tashqari, organo-mineral kompostlar shoʻrlangan yerlarda tuproq suv oʻtkazuvchanligini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda ekinlar uchun qulay agroekologik sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi. Kalit so'zlar. Tuproq, organo-mineral kompost, go'ng, mineral o'gitlar, suv o'tkazuvchanlik, unumdorlik, zichlik.