Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

KO'KRAK BEZI SARATONIDA SKRINING DASTURLARINING SAMARADORLIGI

Zebo XudoyqulovaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti Tibbiy klinik fanlar kafedrasi o'qituvchisiIlhom BobonazarovFeruza IsmoilovaDilrabo AbdiraimovaAziza MuhiddinovaSarvar Chorshanbiyev
ABI

Аннотация

Ko‘krak bezi saratoni dunyo miqyosida ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi va o‘lim ko‘rsatkichining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Kasallikni erta bosqichlarda aniqlash bemorlarning yashash davomiyligini oshirish hamda davolash samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotda ko‘krak bezi saratonini aniqlashga qaratilgan skrining dasturlarining tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Mammografiya, ultratovush tekshiruvi hamda klinik ko‘rik kabi skrining usullarining kasallikni erta diagnostika qilishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan.Skrining dasturlarining muntazam amalga oshirilishi kasallikning invaziv bosqichga o‘tishining oldini olish, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yukni kamaytirishga xizmat qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari skrining dasturlarini aholining xavf guruhlari orasida keng joriy etish, ayollarning tibbiy savodxonligini oshirish hamda profilaktik tekshiruvlarga jalb etish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, milliy skrining strategiyalarini takomillashtirish orqali ko‘krak bezi saratonidan kelib chiqadigan asoratlar va mortalitet darajasini sezilarli kamaytirish mumkinligi asoslab beriladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба