Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

VELOSPORT BILAN SHUG'ULLANUVCHI MAKTAB O'QUVCHILARINING ANTROPOMETRIK RİVOJLANISH XUSUSIYATLARI VA OVQATLANISH HOLATINI GIGIYENIK BAHOLASH

ABI

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada velosport bilan shug‘ullanuvchi maktab yoshidagi o‘quvchilarning antropometrik rivojlanish xususiyatlari hamda ularning ovqatlanish holati gigiyenik nuqtai nazardan baholangan. Tadqiqot Respublika velosport mahorat maktab-internatida tahsil olayotgan 13-18 yoshli o‘quvchilar kontingenti misolida amalga oshirilib, jismoniy rivojlanish darajasi hamda morfofunksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Antropometrik o‘lchovlar asosida o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasi va tana massasi indeksi baholandi, ovqatlanish holati esa oqsil, yog‘, uglevodlar, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Olingan natijalar o‘smirlik davrida velosport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarda jismoniy yuklamalarga mos morfofunksional holatni shakllantirishda ratsional ovqatlanish va gigiyenik nazorat muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari sport maktablarida o‘quvchi-sportchilarning jismoniy rivojlanishini monitoring qilish, individual mashg‘ulot va ovqatlanish dasturlarini takomillashtirish hamda profilaktik tibbiyot tadbirlarini tashkil etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба