Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA RAHBAR-KADRLARNING SOFT-KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

ABI

Аннотация

Mazkur maqolada malaka oshirish jarayonida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida soft-kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati aniqlashtirilib, rahbarlik faoliyati samaradorligini ta’minlovchi asosiy tarkibiy komponentlar — kommunikativ, liderlik, emotsional-intellektual, strategik fikrlash, refleksiv va ijtimoiy-moslashuv kompetensiyalari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, malaka oshirish jarayonining kompetensiyaviy, andragogik va tizimli yondashuvlar asosidagi metodologik asoslari yoritildi hamda ushbu jarayon samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlashtirildi. Tadqiqot natijasida rahbar-kadrlarning soft-kompetensiyalarini rivojlantirishning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy, metodik va natijaviy komponentlardan iborat umumlashtirilgan nazariy modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari malaka oshirish tizimini takomillashtirish, rahbar-kadrlarning kasbiy rivojlanish darajasini oshirish hamda ta’lim boshqaruvi samaradorligini kuchaytirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба