SULFANOL VA XELATLOVCHI REAGENTLAR ISHTIROKIDA TU-5 MARKALI TEXNIK UGLEROD OLISH, DISPERSIYALASH MEXANIZMI VA STRUKTURAVIY XOSSALARINI TADQIQ ETISH
ABI
Аннотация
Ushbu maqolada texnik uglerodning (carbon black) fizik-kimyoviy xossalari va uning sanoatdagi qo‘llanilish yo‘nalishlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Rezina, elektrotexnika, kataliz va pigment sanoatlarida texnik uglerodning funksional roli ko‘rib chiqilgan. Sulfanol sirt faol moddasi va xelatlovchi reagentlar ishtirokida TU-5 markali texnik uglerod olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda uning dispersiyalanish va tozalanish mexanizmi asoslab berilgan. Optimal sharoitlar (T = 70 °C, sulfanol = 0.02 g/l) da polisiklik aromatik uglevodorodlarning maksimal ajralishi aniqlangan. Olingan namunaning strukturaviy va fizik ko‘rsatkichlari sanoat standartlariga mosligi bilan baholangan.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба