Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

HOMILADOR AYOLLARDA PARODONTAL YALLIG'LANISHNING ERTA TUG'RUQ VA KAM VAZNLI CHAQALOQLAR TUG'ILISHI BILAN BOG'LIQLIGI

ABI

Аннотация

Erta tug‘ruq va kam vaznli chaqaloqlar tug‘ilishi bolalar o‘limi va erta neonatal asoratlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu sababli homiladorlik davrida yuzaga keladigan xavf omillarini erta aniqlash pediatriya va perinatologiya uchun muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda og‘iz bo‘shlig‘i, xususan parodont to‘qimalarining yallig‘lanish kasalliklari homiladorlik natijalariga ta’sir qilishi mumkinligi haqida ilmiy ma’lumotlar ortib bormoqda. Tadqiqotlarda og‘ir parodontit mavjud onalarda erta tug‘ruq va kam vaznli chaqaloqlar tug‘ilishi xavfi 1,5–2,5 baravar yuqori bo‘lishi qayd etilgan. Ushbu bog‘liqlik tizimli yallig‘lanish jarayoni, bakterial toksinlar va immun javob faollashuvi orqali homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Shu boisdan parodont sog‘lig‘i nafaqat stomatologik, balki pediatrik natijalar bilan ham bevosita bog‘liq muammo sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston sharoitida ushbu yo‘nalish yetarli darajada o‘rganilmagan bo‘lib, bu tadqiqotning dolzarbligini yanada oshiradi.

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба