JIBERNING PUSHTI RANGLI TEMIRATKISI
ABI
Аннотация
Jiberning pushti rangli temiratkisi (pityriasis rosea Gibert) — ko‘pincha o‘tkir boshlanuvchi, o‘z-o‘zidan cheklanuvchi dermatologik kasallik bo‘lib, asosan yoshlar va o‘rta yoshdagi bemorlarda uchraydi. Kasallikning etiologiyasi to‘liq aniqlanmagan bo‘lsa-da, virusli infeksiya, xususan herpes viruslar guruhi bilan bog‘liqligi taxmin qilinadi. Klinik jihatdan dastlab “onalik blyashkasi” paydo bo‘lib, keyinchalik tanada “Rojdestvo archasi” ko‘rinishidagi toshmalar tarqaladi. Maqolada kasallikning klinik kechishi, differensial diagnostikasi hamda zamonaviy davolash yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqot dermatologik amaliyotda erta tashxis qo‘yish va noto‘g‘ri davolashni oldini olishga qaratilgan.
Мавзулар
Идентификаторлар
Иқтибослар ва манбалар
0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба