Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

TARIX TA'LIMIDA SUN'IY INTELEKTDAN FOYDALANISHNING O'RNI

Zuhriddin Rabiyevich HaydarovGumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Tarix yo'nalishi 1-kurs talabasiDunyagozel BezirgenovaGumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Tarix yo'nalishi 1-kurs talabasi
ABI

Аннотация

This article highlights the importance and role of artificial intelligence technologies in history education. It explains that artificial intelligence serves as an important tool in teaching history by enabling quick information retrieval, organizing interactive lessons, assessing students, knowledge, and developing independent learning skills. In addition, the possibilities of analizyng historical sources, organizing virtual excursions, and increasing educational effectiveness through artificial intelligence are discussed. The article alco analyses both the advantages and some disadvantages of this technology. Kirish. XXI asr axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar asri sifatida insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichini vujudga keltirdi. Ayniqsa, sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi turli sohalarda, jumladan ta'lim tizimida ham katta o'zgarishlarni boshlab bermoqda. Zamonaviy ta'lim tizimi endilikda faqat an'anaviy usullar bilan cheklanib qolmay, shu bilan birgalikda innovatsion texnologiyalar asosida takomillashmoqda. Sun'iy intellekt inson aqli faoliyatini modellashtirishga asoslangan texnologiya bo'lib, u ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish, muammolarni hal etish va foydalanuvchiga kerakli tavsiyalarni yetkazib bera oladi Ta'lim jarayonida esa sun'iy intellekt o'quvchilarning bilim darajasini aniqlash, individual yondashuvni ta'minlash, darslarni qiziqarli tashkil etish va ta'lim samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida namoyon boladi.[1] Bugungi kunda dunyo miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim tizimiga ham samarali ta'sir ko'rsatmoqda. Xususan, sun'iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ta'lim jarayonini yangi bosqichga yuzaga chiqarmoqda. Sun'iy intellekt inson fikrlash faoliyatini modellashtiruvchi texnologiya bo'lib, ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va foydalanuvchiga mos tavsiyalar berish imkoniyatiga ega. Tarix ta'limi esa insoniyat taraqqiyotini, davlatlarning shakllanishini, madaniyat va sivilizatsiyalarning rivojlanishini o'rganadigan muhim fanlardan biridir. Tarix fanini chuqur o'rganish o'quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik, tarixiy tafakkur va mustaqil fikrlashni vujudga keltiradi. Shu sababdan tarix fanini zamonaviy texnologiyalar yordamida o'qitish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.[2]

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба