Асосий контентга ўтиш
AkademIndex

Маҳсулотлар

Ишлаб чиқувчилар учун

AkademBaseЭкотизим учун очиқ API
Мақола

IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O'QITISHNING RAQAMLI JAMIYAT SHAROITIDA DOLZARBLIGI

Alisher Olimjonovich XakimovSarbon universitetining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ABI

Аннотация

Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning dolzarbligi, uning nazariy-metodologik asoslari hamda ta'lim tizimidagi o'rni tahlil qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda ta'limni insonparvarlashtirish jarayonlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurati va ijtimoiy-gumanitar fanlarning jamiyat taraqqiyotidagi roli yoritiladi. Muallif tomonidan sohani rivojlantirish bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatning barcha sohalariga, jumladan, ta'lim tizimiga ham tubdan ta'sir ko'rsatmoqda. Raqamli jamiyat shakllanayotgan bir davrda ta'limning mazmuni, shakli va metodlari yangicha yondashuvni talab etadi. O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilikni mustahkamlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish hamda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan. Bu jarayonda ta'lim tizimini isloh qilish, uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarning o'rni va ahamiyati ortib bormoqda. Chunki aynan ushbu fanlar insonning ma'naviy dunyosini shakllantiradi, uning fuqarolik pozitsiyasini belgilaydi hamda jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. O'zbekistonda uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo'nalishida qayta qurish eng asosiy va markaziy muammolardan biridir.Ta'limni insonparvarlashtirish g'oyasi va konsepsiyasi ta'lim-tarbiya tizimidagi mana shunday kamchiliklami bartaraf etishga, O'zbekistonning o'z oldiga qo'ygan buyuk maqsadlarini amalga oshirishga qodir va layoqatli, ma'naviy barkamol va malakali mutaxassislami yetishtirishga qaratilgan bo'lmog'i lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ehtiyojning ortishini Prezidegntimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikridan yaqqol anglashimiz mumkin: ―Bizda uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlarga nisbatan birtomonlama texnokratik yondoshuv, bu boradagi masalalarga ajabtovur bir ―o'gay‖ qarash shakllanib qolgan. Ayni paytda, afsus bilan qayd etish mumkinki, haligacha uzluksiz ta'lim bosqichlarida, ayniqsa oliy ta'limda ijtimoiy fanlarni qancha hajmda va qanday yo'nalishlarda, qay bir shaklda va qanday mazmunda o'qitish va o'rgatish bo'yicha yaxlit kontseptsiya yo'q". [1] Agar masalaga yanada jiddiyroq yondoshadigan bo'lsak, insonni qadrlaydigan sifat va fazilatlar qanday shakllantiriladi, ularni kim va qachon, qanday usullarda o'rgatadi? Bularning javobini biz bevosita ilm-fan, ta'lim tarbiyadan topamiz. Aynan insnnning ma'naviy kamolini, insoniy qadr-qimmatini shakllantiradigan fanlar bu - ijtimoiy-gumanitar fanlardir. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishda yuzaga kelayotgan muammolar inson qadrini yo'qolishiga, jamiyatdagi beqarorliklarni yuzaga kelishiga, insonlardagi loqaydlik, sovuqqonlik, mas'uliyatsizlik kayfiyatini yuzaga k

Мавзулар

Идентификаторлар

Иқтибослар ва манбалар

0 та иқтибос0 та фойдаланилган манба