FIZIKA FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SHARQ ALLOMALARI ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISHNING METODIK ASOSLARI
Аннотация
Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda Sharq allomalari – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosidan foydalanishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarixiy-ilmiy merosni fizika darslari mazmuniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari o‘rganildi. Shuningdek, Sharq allomalarining tabiiy fanlarga oid ilmiy qarashlarini fizikaning mexanika, optika, molekulyar fizika va astronomiya bo‘limlari bilan uyg‘unlashtirishning metodik jihatlari yoritildi. Tadqiqot natijalari tarixiy-ilmiy merosga asoslangan metodik yondashuv fizika ta’limining ilmiy, tarbiyaviy va amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.