XONDAMIRNING HAYOTI VA UNING ASARLARI
Аннотация
Mazkur maqolada XV–XVI asrlar Sharq tarixnavisligining yirik namoyandasi, tarixchi, adib va shoir Xondamir (G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamir)ning hayoti, ilmiy faoliyati hamda boy tarixiy-adabiy merosi tahlil qilingan. Muallif Xondamirning tarjimai holiga oid mavjud tarixiy manbalar, zamondoshlari va keyingi davr tadqiqotchilarining asarlariga tayangan holda uning nasl-nasabi, ta’lim olgan muhiti, ilmiy shakllanishi va davlat boshqaruvidagi faoliyatini yoritadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda temuriylar davri ilmiy-madaniy muhitining Xondamir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda ochib berilgan. Maqolada Xondamirning tarixnavislik maktabidagi o‘rni, uning “Habib us-siyar”, “Ma’sir ul-muluk”, “Qonuni Humoyuniy”, “Makorim ul-axloq”, “Xulosat ul-axbor” kabi tarixiy asarlarining mazmun-mohiyati, yozilish sabablari va tarixshunoslikdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, uning she’riy merosi, adabiy iste’dodi hamda masnaviy, ruboiy, qit’a, muammo va ta’rix janrlaridagi ijodi haqida ham ma’lumotlar beriladi. Xondamirning asarlarida temuriylar va ilk boburiylar davri siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti aks ettirilgani, mazkur manbalarning bugungi tarixshunoslik uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.